Tez tibbiy yordam bo`limi

Qabul bo'limida bemorlarni qabul qilish va ro'yxatdan o'tkazish, tegishli tibbiy hujjatlarni rasmiylashtirish, kasallikning turi va og'irligini aniqlash, bemorlarni keyinchalik qayta tiklash bo`limiga yotqizish uchun тayyorlash, zarur hollarda shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish, sanitariya bilan davolashni amalga oshiradi.

Klinikamiz shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish uchun:

- dam olish kunlarisiz va tanaffuslarsiz ishlaydi;

- bemor ahvolining murakkabligidan qat'i nazar shoshilinch tibbiy, statsionar intensiv va reanimatsiya yordamini ko'rsatadi;

- oliy va yuqori malakali shifokorlar va o'rta tibbiy xodimlardan iborat;

- O'zR Sog'liqni saqlash vazirligining belgilangan standartlariga muvofiq 100% dori-darmon preparatlari to'plamiga ega;

- "Drager" (Germaniya) kompaniyasining eng yangi tibbiy uskunalar bilan jihozlangan: sun'iy shamollatish apparati va shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish uchun to'plam, 6 kanalli EKG bilan yarim avtomatik defibrilator, pulsioksimetr;

- bemorning ahvoliga qarab klinikaning statsionar bo'limiga yotqizadi.

“Shoshilinch tibbiy yordam” bo`limida qo`yidagi kasalliklar bo'yicha tibbiy xizmatlar ko`rsatiladi:

- surunkali yurak yetishmovchiliklari;

- o'tkir koronar sindrom;

- o'tkir miokard infarktidan keyin qayta tiklash;

- miya qon aylanishining o'tkir kasalliklari;

- o`tkir va surunkali bronxit;

- o'tkir va surunkali bronxit (XOBL);