“EZGU NIYAT” ko`p tarmoqli tibbiyot markazida bepul xayriya aksiyasi bo`lib o`tdi

“EZGU NIYAT” ko`p tarmoqli tibbiyot markazi bugungi kunda xorijda malaka oshirib kelgan mahalliy va Yevropalik mutaxassislariga ega. Bugungi kunda ko`pchilikka ma’lumki, ushbu klinika turli xil yurak xastaliklari bo`yicha murakkab jarrohlik amaliyotlarini bajarib kelmoqda.

2019 yilning 10-11 may kunlari “EZGU NIYAT” klinikasi Ramazon oyi munosabati bilan, mamlakatimiz aholisiga bepul xayriya aksiyasi o`tkazdi. Unga mamlakatimizning turli viloyatlaridan bir qancha yurak xastaliklari mavjud bemorlar kelib o`zlariga zarur tibbiy maslahat va davolanish bo`yicha ko`rsatmalarga ega bo`ldilar. Aytish joizki, aksiya doirasida barcha tibbiy maslahat va diagnostik tekshiruvlar bepul amalga oshirildi.