“Ezgu niyat” ko`p tarmoqli tibbiyot markazi yuragida nuqsoni bor bolalarda jarrohlik amaliyoti o`tkazishni to`liq yo`lga qo`ymoqda.

Endi  chet elga borib, katta xarajat qilib davolanib kelishga hojat yo`q. Sababi mamlakatimizda tibbiyot sohasiga berilayotgan e’tibor tufayli xususiy klinikalarda ham xorijning nufuzli mutaxassislari ishtirokida davolanish, eng murakkab jarrohlik amaliyotlarini qildirish imkoniyati mavjud. “Ezgu niyat” ko`p tarmoqli tibbiyot markazi mana shunday klinikalardan biridir.

Jumladan, zamonaviy  uslubda barpo etilgan Ezgu niyat” ko`p tarmoqli tibbiyot markazida bir necha xorijlik mutaxassislar ishlab kelmoqda. Hususan, kuni kecha ushbu klinikada faoliyat yuritib kelayotgan "Yevroosiyo yuragi" fondi rahbari, shveytsariylik kardiojarroh, professor Paul Fogt va uning jamoasi hamda mahalliy mutahassislarimiz ishtirokida bolalarda murakkab jarrohlik amalyotini bajarish loyixasiga qaratilgan davra suhbati bo`lib o`tdi. Unga ko'ra, xususiy klinikalar ichida ilk marotaba yosh bolalarda murakkab jarrohlik amaliyotini muntazam ravishda bajarishni  to`liq yo'lga qo'ymoqda.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, dunyoga kelgan bolalarning 100 dan 1 foizi toug`ma yurak nuqsonlari bilan dunyoga kelar ekan. Bunday yurak xastaliklari mavjud bolalar mamlakatimizda ham ko`pdir. Ko`pchilik  ota-onalar ularni davolash uchun xorijga borishga majbur bo`lishmoqda. Endikada ushbu klinikada yosh bolalarda jarroxlik amaliyotini bajarishning birinchi bosqichi joriy yilining iyun oyida bo'lib o'tsa, so`ngra sentyabr oyidan boshlab to'liq yo'lga qo'yiladi.