"EZGU NIYAT" klinikasida yevropalik kardiojarrohlar safi kengaydi: bolalarda jarrohlik amaliyotlari muntazam bajariladi

Murakkab operasiyalarni muvaffaqiyatli  bajarib kelayotgan " EZGU NIYAT " klinikasi evropalik kardiojarrohlar safini kengaytirdi. Endi nafaqat kattalar, balki bolalarda ham jarrohlik amaliyoti doimiy ravishda bajariladi.

Yevropa standartlari asosida barpo etilib, zamonaviy tibbiy uskunalar  bilan jihozlangan "EZGU NIYAT" ko'p tarmoqli tibbiyot markazida, xorijda ishlab kelgan mahalliy mutaxassislardan tashqari, evropalik yetakchi kardiojarrohlar ham faoliyat yuritmoqda.

Xususan, "Evroosiyo yuragi" fondi rahbari, shveytsariyalik mashhur kardiojarrohlar Paul Fogt va rossiyalik Sergey Marchenko shular jumlasidandir. Yurtimizning etakchi kardiojarrohlari safi yana kengaymoqda -  joriy yilning iyun oyidan yana bir mutaxassis, Daniyada bir necha yillar davomida ishlab kelayotgan o`zbekistonlik yetakchi kardiojarroh Ahmad Rustamovich Irmuhammedov ham o`z faoliyatini boshlamoqda.

Statistik, ma`lumotlarga ko`ra, dunyoga kelgan chaqaloqlarning 100 dan 1 foizi tugma yurak nuqsonlari bilan dunyoga kelar ekan. Bunay xastaliklari mavjud bolalar mamlakatimizda ham talaygina.  Ko`pchilik ota-onalar ularni davolash uchun xorijga katta mablaglar evaziga olib borishga majbur bo`lishmoqda.

Endi esa " EZGU NIYAT " klinikasida professor Paul Fogt nafaqat kattalar balki, 2 yosh va undan yuqori bolalarda ham murakkab jarrohlik amaliyotlarini bajaradi. Bolalarda jarrohlik amaliyotining birinchi bosqichi 2019 yilning  3-18 iyuniga qadar bo`lib o`tsa,  qichqiradi, sentyabr  oyidan muntazam ravishda bajarish to`laqonli yo`lga qo`yilmoqda.

Katta yoshdagi bemorlarda jarrohlik amaliyotini bajaruvchi shifokor Axmad Irmuxammedov joriy yilning 3 iyun kunidan  " EZGU NIYAT" klinikasida bemorlarni qabul qilishni boshlaydi.

Facebook: fb.com/ezguniyatmed
Instagram: @ezguniyat.uzb
Telegram: t.me/ezguniyatuz