«EZGU NIYAT» klinikasining etakchi mutaxassisi Axmadjon Irmuxammedov shu yilning 25 avgustidan 8 sentyabrga qadar Norvegiyaga og`ir yurak nuqsonlari bo`lgan bemorlarni operatsiya qilish uchun taklif etildi

Aytish joizki, Axmadjon Rustamovich 19 yil davomida Daniyaning Odense Universitetiga qarashli klinikada etakchi kardiojarroh bo`lib ishlagan.

Quvonarlisi shundaki, vatandoshimiz Axmadjon Rustamovich nafaqat Respublikamizda balki, dunyoning boshqa mamlakatlarida ham yuqori malakali tibbiy yordam ko`rsatmoqda. Ayni damda u Norvegiyaning Trondxaim shaxridagi shimoliy Olaf Universiteti shifoxonasida bemorlarni davolamoqda.

2019 yil 9 sentybridan boshlab, Axmadjon Irmuxammebov «EZGU NIYAT» klinikasida yurak xastaligi bor bemorlarni qabul qilishni davom ettiradi.