uz 08:30 - 21:00 (+998 95) 198-83-00 ezguniyat.med@gmail.com

Rossiyalik tajribali kardioxirurg — Maksim Azarenkov “EZGU NIYAT” klinikasida!

Кardioxirurg va qon tomirlari jarrohi

Maksim Aleksandrovich Azarenkov

“EZGU NIYAT” klinikasi sizga yanada yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida malakali mutaxassislar jamoasini kengaytirmoqda.

Tanishing: Maksim Aleksandrovich Azarenkov — tajribali kardioxirurg va qon tomirlari jarrohi!

Ta’lim:
— Yurak-qon tomir xirurgiyasi — S.-Peterburg shahridagi I.I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-G‘arbiy davlat tibbiyot universiteti
— Xirurgiya — Kirov davlat tibbiyot universiteti.

Ish tajribasi:
— Komi Respublikasi Kardiologiya dispanserida kardiojarroh (Siktivkar shahri)
— Ejva tumani shahar shifoxonasida shoshilinch jarrohlik yordami bo‘yicha shifokor
— Toshkentdagi “American Hospital” klinikasida kardiojarroh.

Kasbiy ko‘nikmalar:
— Yurakda sun’iy qon aylanishi va yurak ishlayotgan holda bajariladigan barcha turdagi operatsiyalar
— Yurakda zamonaviy miniinvaziv (kichik kesma orqali) operatsiyalar
— Varikoz va periferik arteriyalarda jarrohlik amaliyotlari
— Shoshilinch va abdominal (qorin bo‘shlig‘i) xirurgiyasi bo‘yicha tajriba.

❗️ Agar siz haqiqiy kasbini yaxshi biladigan, yurak va qon tomirlar salomatligiga sidqidildan yondashadigan mutaxassis qidirayotgan bo‘lsangiz — Maksim Aleksandrovich sizning xizmatingizda!

Tel: (95)198-83-00