

Bugun, 2025 yil 25 sentyabr’ kuni, “EZGU NIYAT” ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida “EZGU NIYAT” tibbiyot markazi va Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi Yurak instituti o‘rtasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi.
Kelishuv doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib olindi:
• Tibbiyot va tibbiy ta’lim sohasida tajriba almashish
• Diagnostika, davolash va reabilitasiyaning zamonaviy usullarini joriy etishga ko‘maklashish
• Xalqaro tadbirlar, konferensiyalar va onlayn forumlarda birgalikda ishtirok etish
• Maxsus mutaxassislar uchun o‘quv dasturlari va treninglar tashkil etish
• Ilmiy loyihalar va tibbiy ko‘rgazmalarda ishtirok etish.
Ushbu kelishuvni amalga oshirish xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va mamlakatimizda tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Bunday hamkorlik nafaqat mutaxassislar o‘rtasida bilim almashinuvi, balki sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishga ham qaratilgan.