uz 08:30 - 21:00 (+998 95) 198-83-00 ezguniyat_med@gmail.com

O‘zbekistonda ilk bor “EZGU NIYAT” tibbiyot markazida noyob operatsiya o‘tkazildi.

EZGU NIYAT” klinikasiga 70 yoshli bemor murojaat qildi. Tekshiruvlardan so’ng bemorning hayotini saqlab qolish uchun 3 xil jarrohlik amaliyoti o’tkazish tavsiya qilindi.

19 noyabr kuni birinchi operatsiya bo’lib o’tdi. Bemorga venoz tomirlarga kava – filtri o’rnatildi, ertasi kuni bemorga bir vaqtning o’zida yurakda koronar shutlash va tuzza bo`g’imini endoprotezlash amaliyotlari o’tkazildi.

Operatsiyalar “EZGU NIYAT” klinikasida ishlayotgan va kardiojarrohlikni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan belaruslik Dmitriy Turlyuk, shuningdek, ortoped-travmatolog guruhi rahbari Sayfulla Ibragimov va Italiyalik taniqli ortoped-travmatolog Alberto Belluati ishtirokida amalga oshirildi.

Previous PostNext Post

Related Posts

Leave a Reply