uz 08:30 - 21:00 (+998 95) 198-83-00 ezguniyat.med@gmail.com

«EZGU NIYAT» klinikasi kardioxirurgi AQShda bo‘lib o‘tadigan nufuzli xalqaro konferensiyada ma’ruza bilan ishtirok etadi.

        2025 yil 15–18 oktyabr kunlari AQShning Florida shtatida Kardiotorokal jarrohlik bo‘yicha Sharq jamiyatining (ECTSS) 63-yillik an’anaviy konferensiyasi — kardioxirurgiya sohasidagi eng nufuzli tadbirlardan biri — bo‘lib o‘tadi.

         Konferensiyada «EZGU NIYAT» klinikasi kardioxirurgi Dmitriy Turlyuk ishtirok etib, quyidagi mavzuda ma’ruza qiladi:
           «Rivojlanayotgan mamlakat sharoitida miniinvaziv kardioxirurgiyani joriy etish: “EZGU NIYAT” klinikasi tajribasi».

         «EZGU NIYAT» klinikasi mutaxassisining bu darajadagi xalqaro tadbirda qatnashishi — yurtimizda kardioxirurgiya sohasining rivojlanishi hamda O‘zbekiston tibbiyotining xalqaro imijini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.