uz 08:30 - 21:00 (+998 95) 198-83-00 ezguniyat_med@gmail.com

Konsultativ poliklinika

Detail about our service

Konsultativ poliklinika haqida

Maslahat poliklinikasida katta tajribaga ega va yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritishadi. Jumladan, tibbiyot fanlari doktori va fan nomzodlari, katta ilmiy xodimlar. Bemorlarni kundalik qabul qilishda qo`yidagi shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi: kardiolog, endokrinolog, nevropatolog, urolog, ginekolog, LOR, jarroh, ortopediya va travmatolog, terapevt, dietolog, gastroenterolog. Qisqa vaqt ichida barcha kerakli diagnostic tashxislash zamonaviy usullar yordamida amalga oshiriladi: EchoCG, EKG, VEM, EchoKS, ichki organlarning ultratovush tekshiruvi UTT, 24 soatlik ECG va qon bosimi monitoringi, endoskopik tekshiruvlar, klinik, immunologik va biokimyoviy laborator tahlillar. Shuningdek, rentgen va angiografik tekshiruvlar. Klinikamiz xodimlarning muhim vazifasi yurak kasalliklari va tananing boshqa organlari uchun xavf omillarini o’rganish va ularning o’z vaqtida oldini olish va davolashdir. Bundan tashqari, markaz xodimlari yuqori malakasi nafaqat kardiyovaskulyar kasalliklarni tashxis qo’yish, balki yurak-qon tomirlari yetishmovchiligi bilan og’rigan o’tkir miokard infarktidan so’ng bemorlarni uzoq muddatli kuzatish va davolashni amalga oshirishga imkon beradi. Tez tibbiy yordam bo`limi bemorlarni qabul qilish va ro’yxatga olish, tegishli tibbiy xujjatlarni rasmiylashtirish, tibbiy ko’rik o’tkazish, kasallikning xarakteri va og’irligini aniqlash, bemorni ma’lum bo’limga yotqizish va sanitar-profilaktika ishlarini olib borish bilan bog’liq ishlarni amalga oshidai Qabulxona binoning 1-qavatida joylashgan bo’lib, bemorlarni qabul qilish uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan. Markazda barcha bo’limlar o`zaro bog’lanishlari va habardor bo`lishlari uchun zamonaviy aloqa tizimi bilan jihozlangan. Bemor ro’yxatdan o`tgach, uning elektron kartasi tegishli bo`limlarda paydo bo`ladi. Bu esa ish faoliyatini yanada tezlashtirish uchun qulaylik yaratadi. Ushbu markazda tibbiy yordam ko’rsatish tizimining yo`lga qo`yilganligi, rivojlangan mamlakatlarnikidan aslo qolishmaydi. Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslarga markazda shartnoma asosida tez tibbiy yordam xizmati ham ko`rsatiladi.

Ma'lumot

Ma'lumot

Ma'lumot

Ma'lumot

Qabulga yozilish

    Toshkent shahri, Shayhontoxur tumani, Olmazor ko’chasi 4

    (+998 95) 198-83-00 
    ezguniyat_med@gmail.com

    ISH REJIMI

    Dushanba - Shanba08:30 - 17:00
    YakshanbaDam olish