uz 08:30 - 21:00 (+998 95) 198-83-00 ezguniyat_med@gmail.com

23 YANVAR 2021 YIL “EZGU NIYAT”

BIZ UDDALADIK. 23 YANVAR 2021 YIL “EZGU NIYAT” TIBBIYOT MARKAZINING MUTAXASSISLARI YURAKDA NOYOB JARROHLIK AMALIYOTI O‘TKAZISHDI.

Mazkur amaliyot rossiyalik endovaskulyar diagnostika va davolash bo‘yicha shifokor Staferov Anton Valer’evich ishtirokida bo‘lib o‘tdi. “Aterektomiya” deb nomlangan bunday jarohlik amaliyoti O‘zbekistondagi xususiy klinikalar ichida birinchi bor o‘tkazildi. Aytish lozimki, yurak tomirida blyashka paydo bo‘lsa, u tomirni yopadi va qon aylanishini jiddiy ravishda buzadi, bu esa o‘limga olib kelishi mumkin. Aterektomiyada – arteriyadan (qon tomiridan) yurak koronar tomirida kalsiylangan qattiq blyashkani maxsus tibbiy uskuna – “Rotablator” yordamida kateter uchidagi olmos bilan qirib parchalab tashlanadi va u organizmdan chiqib ketadi. Yurak tomirdagi blyashkaning parchalab tashlanishi qon tomirni yanada kengaytiradi, shunda qon yurak mushaklariga bemalol oqadi. Bemorga tez kunda o‘z uyiga ketishiga ruxsat beriladi.

Next Post

Related Posts