30 yanvar 2021 yil “EZGU NIYAT” tibbiyot markazining intervension kardiologiya bo‘limi mutaxassislari 2 xil noyob jarrohlik amaliyotini bajarishdi. Ulardan biri ko‘krak aorta anevrizmasini endovaskulyar usulda stent-graf yordamida o‘rnatilgan bo‘lsa, ikkinchisi aorta klapanini transkateter yordamida implatansiyasini (TAVI) amalga oshirishdi.Ushbu jarrohlik amaliyotlari rossiyalik yurak qon-tomir jarrohi Imaev Timur Emviyarovich nazoratida o‘tdi Eslatib o‘tamiz, bunday jarrohlik amaliyotlari 2019 yil xususiy klinikalar ichida ilk bor “EZGU NIYAT” tibbiyot markazida bo‘lib, unda rossiyalik mutaxassis mahalliy mutaxissislarga mahorat darsi o‘tgan edi.