

Bugun Qozog‘iston Respublikasi, Ostona shahrida joylashgan «University Medical Center» (UMC) korporativ fondi vakillari markazimizga tashrif buyurib, «EZGU NIYAT» ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyati bilan tanishdilar.
Mehmonlarga zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan «EZGU NIYAT» klinikasining infratuzilmasi, shuningdek, mutaxassislar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari — kardioxirurgiya va terapiyadan tortib, diagnostika hamda reabilitasiya bo‘limlarigacha tanishishdi.
Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikdagi loyihalar, tajriba almashish va shifokorlar uchun ta’lim dasturlarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilindi.
Tashrif yakunida «EZGU NIYAT» va UMC o‘rtasida quyidagilarni nazarda tutuvchi hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi:
— metodologik va konsultativ qo‘llab-quvvatlash;
— professional bilim va klinik tajriba almashinuvi;
— treninglar, master-klasslar va malaka oshirish dasturlarini o‘tkazish.
Memorandumni «EZGU NIYAT» ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi direktori Anvar Mirsalixovich Miragzamov hamda «University Medical Center» (UMC) korporativ fondi boshqaruv raisi Yuriy Vladimirovich Pya imzoladilar.
Bu hamkorlik tibbiyot fanini rivojlantirish, mutaxassislar malakasini oshirish va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimiga innovasion texnologiyalarni joriy etishda muhim qadam bo‘ladi.
«EZGU NIYAT» — professionallik, innovasiyalar va sizning sog‘lig‘ingiz haqida g‘amxo‘rlik!