

Yaqinda “EZGU NIYAT” klinikamiz aritmologiya jamoasi dunyo miqyosida e’tirof etilgan mutaxassislar — Prof. Adrian Ebner (Paragvay), Dr. Jose Navia va Dr. Samir Kapadia (AQSh) bilan hamkorlikda ilg‘or tibbiy amaliyotni muvaffaqiyatli bajardi.
Mitria Subvalvular Spacer (SVS) texnologiyasi yordamida amalga oshirilgan bu operatsiya — funksional mitral regurgitasiyani (FMR) davolashdagi yangi bosqichdir.
Bu inovasion usul bo‘lib, bunda yurak klapanining yetarlicha yopilmasligi sabab yurakdan qon “ortga oqishi” holatlarini kamaytiradi va bemorning hayot sifatini yaxshilaydi.
Mitria SVS — innovasion subklapan (subval’vulyar) qo‘llab-turish tizimi bo‘lib, u mitral klapanning tuzilishini tiklashga, yurak ishini yengillashtirishga va faol hayotga qaytish imkonini beradi.
Bu murakkab amaliyotda klinikamiz aritmologiya bo`lim boshlig‘i Sherzod Sabirov jamoasi bilan bir qatorda anesteziolog Alisher Saidnazarovning professional mahorati ham katta ahamiyat kasb etdi. Operatsiya vaqtida bemorning hayotiy ko‘rsatkichlarini barqaror ushlab turish va yurak-o‘pka apparati bilan muvofiq ishlash — anesteziolog jamoaning ajralmas qismi ekanligini yana bir bor isbotladi.
Bu hamkorlik orqali “EZGU NIYAT” klinikasi nafaqat O‘zbekistonda, balki jahon tibbiyoti maydonida ham zamonaviy kardioxirurgiya standartlariga mos ravishda rivojlanmoqda.
Professionallik. Innovasiya. Hamkorlik.
Biz yurakka hayot bag‘ishlaymiz!
Agar yuragingiz g‘amxo‘rlikka muhtoj bo‘lsa — uni professionallarga ishoning.