uz 08:30 - 21:00 (+998 95) 198-83-00 ezguniyat.med@gmail.com

Quvonchli yangilik va faxrli e’tirof!

“EZGU NIYAT” klinikasining kardioxirurgiya xizmati rahbari, yurak-qon tomir jarrohi — Rustamov Baxt Yerashimovich sog‘liqni saqlash sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yuqori malakali tibbiy faoliyati va aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi katta hissasi uchun Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq II darajali “Salomatlik” ordeni bilan mukofotlandi! 

Bu yuksak e’tirof nafaqat shifokorimiz, balki butun «EZGU NIYAT» jamoasi uchun ham g‘urur va ilhomdir.

Baxt Yerashimovichning mehnatsevarligi, professional mahorat va insonparvarligi ko‘plab bemorlar hayotini saqlab qolishda beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Biz jamoamiz nomidan Baxt Yerashimovichni chin dildan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar hamda bardavom sog‘lik tilaymiz